Buvi nabirasini parvarishlash boʻyicha ta’tilni va nafaqani rasmiylashtirish

Savolning ID si: 17348
Qizi (bolaning onasi) oliy oʻquv yurti talabasi boʻlsa, buvi bolani 2 yoshgacha parvarishlash ta’tiliga chiqishi mumkin?
Shunday qilish mumkin boʻlsa, tugʻilganlik haqidagi guvohnomadan tashqari qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, mumkin.

Bolani parvarishlash uchun nafaqa toʻlangan holda beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham toʻliq yoki uni qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin (MK 234-m. 3-q.).

Bolaning onasi oʻrniga nafaqa oluvchi shaхslar, qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar (AV tomonidan 14.03.2002 yilda 1113-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 7-bandi):

bolaning onasi yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat – bolaning onasi vafot etganligi toʻgʻrisida guvohnoma;

sud organlari tomonidan onalik huquqidan mahrum qilinganlik toʻgʻrisida berilgan ma’lumotnoma;

bola parvarishi boʻyicha nafaqani bolaning onasi olish imkoni mavjud emasligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Mazkur holatda buvi nabirasini parvarishlash boʻyicha ta’tilni va nafaqani rasmiylashtirishda onasining oʻqish joyidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan nafaqa toʻlanmayotgani toʻgʻrisida ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.