2020 yil 1 maydagi F-5569-sonli Prezident farmoyishi bilan Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba suv ombori»da yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Ushbu farmoyish bilan Hukumat komissiyasiga 10 kun muddatda suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi punktlarini yanada obod va koʻrkam qilish maqsadida madaniy-maishiy hamda boshqa ijtimoiy ob’yektlar qurilishi va mazkur qurilish ishlarini moliyalashtirish yuzasidan takliflar kiritish boʻyicha topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Sirdaryo viloyatida suv toshishi munosabati bilan aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni doimiy va uzluksiz ravishda qabul qilish, fuqarolarga zarur tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida tunu-kun ishlaydigan qisqa raqamli telefon liniyasi tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilgan. Shunga asosan suv omborida yuzaga kelgan toshqin bilan bogʻliq barcha savollar bilan Hukumat komissiyasi va qisqa raqamli telefon liniyasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Toshqin natijasida maktab binosi buzilganligi oqibatida yangi maktab binosi qurilgunga qadar oʻqituvchilar ish faoliyati karantin paytida qanday tashkil etilgan boʻlsa, хuddi shunday tashkil etilishi ham mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.