Savolning ID si: 17995
Korхonamizda mehnatga haq toʻlash tizimi VMning 06.09.2019 yildagi 743-sonli qarori talablari asosida ishlab chiqilmoqda.
743-sonli qarorning 2-ilovasidagi tarmoq koeffitsiyentlari nechanchi razryadgacha qoʻllaniladi? Ushbu qaror talabidagi ishchilar soʻzida qaysi razryadlar nazarda tutilgan?
Ekspertlarning javoblari:

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-sonli qarori bilan tasdiqangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatorining 1-boʻlimida (1-ilovasida) “Ishchilarning asosiy kasblari tasnifi” keltirilgan. Ilovada ishchilar kasblarining malakaviy razryadlari diapazonlari koʻrsatib oʻtilgan.

Ishchilar kasblari malaka razryadlarining diapazoni ishchilarning kasblari boʻyicha ularning murakkabligiga koʻra (mehnat sharoitlarini hisobga olmasdan) ishchilar kasblari boʻyicha ishlarning eng kam va eng yuqori razryadlarini «1» dan «8» gacha oraliqda belgilaydi, bunda: «1» razryad – хodimda  past malakani talab qiladigan eng oddiy ishlarni, «8» razryad esa – ishchidan eng yuqori kasbiy malakani va tajribani talab qiladigan alohida murakkab va noyob ish turlarini ifodalaydi. Aksariyat hollarda ishchining eng yuqori malaka razryadi 6-razryaddan oshmaydi.

Har bir ishchi kasbi boʻyicha aniq razryad yagona tarif-malaka yoʻriqnomalarida hamda tarmoq tarif-malaka yoʻriqnomalarida koʻrsatib oʻtilishi mumkin.

VMning 2019 yil 6 sentyabrdagi 743-sonli qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan ishchi kasblari razryadlari VMning 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-sonli qarorining ilovasidan kelib chiqib belgilanadi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.