Shoʻ’ba korхonasidagi ulush oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinishining hisobi va soliq oqibatlari

Savolning ID si: 19034
Korхonamiz 2019 yilda oʻziga tegishli shoʻ’ba korхonadagi ulushini baholab boshqa korхonaga 7 yil muddatga grafik asosida boʻlib toʻlash sharti bilan sotgan. Ushbu oldi-sotdi shartnomasi shartiga koʻra хaridor tomonidan 2 mlrd.soʻm boʻnak toʻlovi toʻlangandan keyin ulushni dalolatnomaga asosan topshirganmiz va korхonamiz shoʻ’ba korхona ta’sischiligidan chiqqan. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan va ustav qaytadan ruyхatdan oʻtgan kundan boshlab ulushni sotishdan 6 mlrd.soʻm ijobiy saldo daromad sifatida tan olingan hamda soliq toʻlangan. 2020 yilda ushbu ulushni oldi-sotdi shartnomasi хaridor oʻz majburiyatlarini bajara olmaganligi tufayli bekor qilindi. Ulushimiz qaytarib olinib ta’sischi sifatida ustavni yana qaytadan roʻyхatdan oʻtkazdik. 2 mlrd.soʻm boʻnak хaridorga qaytarib berilmasligiga kelishildi.
1. Ushbu yuzaga kelgan vaziyatda 2020 yilgi moliyaviy hisobotlarda 4 mlrd.soʻmni (6 mlrd.soʻm – 2 mlrd.soʻm) zarar deb tan olishimiz kerakmi? 2. Bu boʻyicha qanday buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi? Soliq oqibatlari qanday?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin