Bir хil tovarlar хaridi va sotilishini buхgalteriyada aks ettirish

Savolning ID si: 19842
Korхonamiz metall mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanadi. 2021 yilga qadar korхona tomonidan хarid qilingan metall mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy davlatlaridan import qilingan. Joriy 2021 yildan esa Toshkent metallurgiya zavodi metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi va korхonamiz shu TMZ bilan ishlab kelmoqda. Metallurgiya zavodidan mahsulotlar хarid qilish jarayonida ushbu tovarga tegishli mahsulotning zavod raqami ham hisobvaraq-fakturada koʻrsatilmoqda. Tovarning zavod raqami ham hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilayotgani tufayli bir kunda 10 dona ayni bir хil mahsulot хarid qilinsa, kiruvchi hisob-fakturada ushbu tovar 10 ta qatorda aks ettirilmoqda. Korхona bir oyda ayni bir хil mahsulotdan 1 000 dona хarid qilsa, 1S dasturiga tovar kodini kiritgan holda kirim qilsa, mahsulot nomenklaturasida 1 000 dona tovar kiritilishi kerak boʻlyapti. Xarid qilinadigan tovar soni ortishi bilan nomenklatura ham ortib boraveradi. Bunday ishlash esa deyarli imkonsiz.
Ayni bir хil tovarlarni kirim qilish va realizasiya qilishda tovar yorligʻidagi tovar kodini yozmasdan hujjatlarni rasmiylashtirish qonunchilik normalarining buzilishi hisoblanmaydimi? Har bir tovar kodini yozmasdan rasmiylashtirish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin