Savolning ID si: 19882
May oyida ishchilarga haq toʻlash uchun soatlar normasi qancha qilib belgilandi?
Ekspertlarning javoblari:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.05.2021 yildagi  PF-6222 sonli Farmoni bilan 03.12.2020 yildagi PF-6122-sonli Farmonga oʻzgartirish kiritilib, 14 may – juma kuni qoʻshimcha dam olish kuni, 15 may – shanba kuni esa barcha хodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni deb belgilandi. Shuni hisobga olib, 2021 yil may oyi uchun ish vaqti me’yorining davomiyligi kamaytiriladi va ular quyidagicha hisoblanadi:

5 kunlik (40 soatli) ish haftasida – 151 soat

6 kunlik (40 soatli) ish haftasida – 151 soat

36 soatlik ish haftasida – 136 soat.

 

Ushbu savol boʻyicha batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin: https://buxgalter.uz/uz/ish_vaqti1/2021_yil_uchun_ish_vaqti_taqvimi_qanday_uzgardi

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.