Kasaba uyushmalarining barcha a’zolari oʻz huquq va majburiyatlari borasida tengdir («Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 10-m.). Shunga koʻra, kadrlar boʻlimi bosh mutaхassisi, u oʻz boʻlimida bir oʻzi ishlashidan qat’i nazar, oʻz lavozimi bilan bir qatorda kasaba uyushmasi raisi vazifasini bajarishga ulgursa, kasaba uyushmasi raisi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari organlarining a’zolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga koʻra mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun, shuningdek kasaba uyushmasining yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi. Kasaba uyushmalari organlarining a’zolari ishlab chiqarishdagi ishidan kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda delegat sifatida, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida ishtirok etish vaqtiga ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablagʻlari hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi (Qonunning 15-m.).
Davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarining rahbar organlari a’zolari boʻlishi mumkin emas (Qonunning 19-m.).
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.