Savolning ID si: 2060
Soliq boʻyicha ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni boshqa soliq turlariga oʻtkazish uchun soliq organlariga elektron tarzda ariza berish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa tartibini tushuntirib bering.
Ekspertlarning javoblari:

Soliqning ortiqcha toʻlangan  summalarini hisobga olish  SKning 56-moddasi hamda  Soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar va boqimonda mavjud boʻlganda  soliqlar boʻyicha oʻzaro hisobga olish tartibida (1997 yil 5 dekabrdagi MV 40-son, OʻzR Markaziy banki 15-01/120-son va OʻzR DSQ 97-104-son, keyingi oʻrinlarda - Tartib) belgilangan.

Belgilangan tartibga koʻra  ortiqcha toʻlangan soliqlar summasini mavjud boqimondani uzish hisobiga hisobga olish soliq toʻlovchining davlat soliq хizmati organlariga bergan yozma arizasi asosida amalga oshiriladi (Tartibning 2-bandi).

Soliq va toʻlovlarni byudjetga hisobga olish uchun ariza oʻz ichiga quyidagi ma’lumotlarni olishi kerak:  ariza beruvchining nomi, uning manzili, boqimondani soʻndirish amalga oshirilayotgan soliq va toʻlovlarning nomi, summalar koʻrsatilgan holda qaysi soliq va toʻlovlar hisobiga amalga oshirilayotganligi (Tartibning 3-bandi).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.