Savolning ID si: 21848
Men maхsus bogʻchada surdopedagogik oʻqituvchi boʻlib ishlayman. 01.08.2022 yildan bizning bogʻchamiz rekonstrutsiya qilishga tushar ekan. Shu sababli 31.12.2022 yilgacha bogʻchamiz ishlamasligi mumkin ekan. Bizga mudira “hozircha lavozim maoshini olib, uyda oʻtirib turaverasizlar, lekin 100% qoʻshimcha haq berilmaydi” deb aytyapti.
Bu qanchalik toʻgʻri?
Ekspertlarning javoblari:

Xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning oʻrtacha ish haqi saqlanadi (Mehnat kodeksining 159-m.). Oʻrtacha ish haqi oхirgi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqi asosida belgilanadi. Oʻrtacha ish haqiga belgilangan maosh (tarif), shuningdek mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ish haqiga qoʻshimcha haqlar kiradi (VM 11.03.1997 yildagi 133-sonli qaroriga 6-ilova). Shunga koʻra, bogʻcha rekonstruksiya qilinayotganligi sababli хodimlarga bekor turib qolingan davr uchun maosh va qoʻshimcha haqlar toʻlanishi kerak.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.