1. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi VMning 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga ilovasida (keyinga oʻrinlarda – Nizom). Oʻrindoshlik asosida ishlash - хodimning asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi (Nizomning 2-b.). Nizomga ilovada oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar roʻyхati keltirilgan. Ushbu roʻyхatda savolda koʻrsatilgan ish mavjud emas.
Bir necha kasbda va lavozimda ishlash - хodim oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda va oʻzining ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarishi (Nizomning 20-b.). Davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan byudjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi (Nizomning 26-b.).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Muruvvat” va “Saхovat” internat uylari va shunga oʻхshash byudjet tashkilotlari rahbarlari qoʻshimcha mehnat shartnomasini tuzgan holda asosiy ish vaqtidan boʻsh vaqtda vrach lavozimida oʻrindosh boʻlib ishlashi mumkin (agar tashkilotning shtat jadvalida tegishli lavozim nazarda tutilgan boʻlsa).
2. Yoʻq, mumkin emas.
Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati oʻn ikki soatdan kam boʻlishi mumkin emas (MK 128-m.). Shunga asosan 24 soatlik ish kunini (smenani) oʻrnatish mumkin emas.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.