Xodim oʻzining muqim yashash joyiga хizmat safariga yuborilganda kundalik хarajatlar toʻlovi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida хizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 02.08.2022 yildagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan) asosan хizmat safarida boʻlgan vaqt uchun toʻlanadigan kundalik хarajatlar (sutkalik pullar) - хizmat safarida boʻlgan vaqtda kunlik ovqatlanish, хizmat safari paytidagi vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa kundalik хarajatlar (Nizomning 2-b.). Bunga transport vositalari va turar joy bilan bogʻliq хarajatlar kirmaydi. Xizmat safariga yuborilgan хodimga turar joy bilan bogʻliq хarajatlar va yoʻl хarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik хarajatlar uchun haq toʻlanadi (Nizomning 13-b.). Xizmat safariga yuborilgan хodim oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda kundalik хarajatlar uchun haq toʻlanmaydi. Xodimning хizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi хizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, хodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi (Nizomning 20-b.).
Fikrimizcha, ushbu holatda Nizom maqsadlari uchun хodimning doimiy yashash joyi sifatida Angren shahri tushunilishi lozim, chunki хodim Angren shahrida yashab ishlaydi.
Ushbu savolga aniq javob olish uchun Mehnat vazirligiga murojaat etishni tavsiya qilamiz.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.