Savolning ID si: 24915
Xususiy oliy ta'lim muassasasi talabalarni bakalavr darajasida o'qitadi.
O'qituvchilarga ularning ilmiy darajasi bo'yicha (professor, dotsent, katta o'qituvchi, assistent) haq to'lashning eng kam miqdorini tartibga soluvchi qonun mavjudmi?
Ekspertlarning javoblari:

Qonunchilikda oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari belgilangan boʻlib, ushbu miqdorlar faqatgina davlat byudjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi (Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga 1-ilova):

soʻmda

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari

 

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab

2019 yil 1 yanvardan
boshlab

2019 yil 1 iyuldan boshlab

 

1. Kafedra mudiri:

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3880000

4656000

5 820 000

 

fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3640000

4368000

5460 000

 

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan

3210000

3852 000

4815 000

 

2. Professor:

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3700000

4440 000

5550 000

 

fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3480 000

4176 000

5220 000

 

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3320 000

3984 000

4980 000

 

3. Dotsent:

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan

3130 000

3756 000

4695 000

 

fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan

2930 000

3516 000

4395 000

 

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan

2620 000

3144 000

3930 000

 

4. Katta oʻqituvchi:

ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan

2730 000

3276 000

4095 000

 

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan

2570 000

3084 000

3855 000

 

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

2350 000

2820 000

3525 000

 

5. Assistent, oʻqituvchi:

ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan

2410 000

2892 000

3615 000

 

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan

2250 000

2700 000

3375 000

 

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

2090 000

2508 000

3135 000

 

6. Oʻqituvchi-stajer

1850 000

2220 000

2775 000

 

Izohlar:

1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

2. Professor unvoniga ega boʻlmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaхslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi:

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab - 3 130 000 soʻm;

2019 yil 1 yanvardan boshlab - 3 756 000 soʻm;

2019 yil 1 iyuldan boshlab - 4 695 000 soʻm.

Shu bilan birga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan хodimning mehnatiga haq toʻlashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan (980 ming soʻm) kam boʻlishi mumkin emas (MKning 245-m.).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.