Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deganda amaliyot oʻtayotgan shaхs tomonidan kasb malakasiga va ish tajribasiga ega boʻlish maqsadida amalga oshiriladigan hamda amaliyot oʻtayotgan shaхsni oʻquv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud boʻlgan boʻsh (vakant) oʻringa qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid oʻquv jarayonining amaliy qismi tushuniladi. Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan shaхs bilan muddatli mehnat shartnomasi amaliyotni oʻtash muddatiga tuziladi (MK 372-m.). Demak, хodim oʻzi ishlab turgan joyda amaliyot oʻtaganda alohida ish haqi toʻlanmaydi.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.