Xodimga 3 oylik ish haqi oldindan toʻlash mumkinmi
Qonun hujjatlarida ish haqi toʻlashning bunday tartibi belgilanmagan. Xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʻn olti kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi (MK 253-m. 1-q.).
Vaziyatdan kelib chiqqan holda хodimingizga pul kerak. Korхona unga qarz shartnomasi asosida qarz berishi mumkin. Bunda qarz summasi uning ish haqidan ushlab qolinishi belgilanishi mumkin. Qarz foizsiz berilishi mumkin, bunda tomonlarda soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.