Savolning ID si: 32037
Jamiyat ishtirokchilarining qaroriga koʻra “A” jamiyatdan “B” jamiyat ajratib chiqarilib, jamiyat qayta tashkil qilindi. "B" jamiyat ustavida "B" jamiyat "A" jamiyatning huquqiy vorisi ekanligi belgilangan. Taqsimlash balansiga muvofiq, “A” jamiyatning barcha aktivlari “B” jamiyatga oʻtkazildi. Mehnat kodeksining 156-moddasiga asosan, "A" jamiyatda ishlayotgan хodimlar mehnat munosabatlarini "B" jamiyatda davom ettirishga rozilik bildirib, ular bilan mehnat shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Yagona milliy mehnat tizimida хodimlar boshqa tashkilot tarkibiga oʻtkazildi, qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalari mavjud хodimlarning daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritildi. Oʻzgartirishlardan keyin "A" jamiyat faoliyati tugatilmadi, 3 nafar хodim ishlamoqda.
"A" jamiyat qayta tashkil qilinguncha qabul qilingan ichki hujjatlar (ichki qoidalar, jamoa shartnomasi, lavozim yoʻriqnomalari, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar, faoliyatni tartibga solish maqsadida qabul qilingan boshqa nizomlar) "B" jamiyatda oʻz kuchini saqlab qoladimi yoki "B" jamiyat ularni yangidan qabul qilishi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin