Savolning ID si: 32200
Men ishlayotgan aksiyadorlik jamiyati (sotuvchi) bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat (хaridor) oʻrtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnoma doirasida belgilangan muddatda tovarlar хaridorga yetkazib berilgan. Biroq yetkazib berilgan tovarlar uchun хaridor tomonidan oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilmagan. Asosiy qarzdorlikni va hisoblangan penyani undirish uchun iqtisodiy sudga murojaat qilingan. Lekin mediativ kelishuvga erishilganligi uchun iqtisodiy sud da’voni koʻrmasdan qoldirgan. Mazkur mediativ kelishuv shartlariga koʻra, biz tomonimizdan hisoblangan penyadan voz kechiladi va asosiy qarzdorlikni bir yil davomida oyma-oy toʻlab boriladi. Toʻlovlar yil davomida amalga oshirilmadi, ya’ni mediativ kelishuv bajarilmadi. Mediativ kelishuv bajarilmaganligi uchun mazkur kelishuv tuzish chogʻida kechilgan penya bilan birga asosiy qarzdorlikni undirish uchun iqtisodiy sudga murojaat qilmoqchimiz.
Mediativ kelishuv tuzish chogʻida kechilgan penyani kelishuv bajarilmaganligi uchun asosiy qarzdorlik bilan qoʻshib undirish boʻyicha iqtisodiy sudga da’vo kiritsak boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin