Savolning ID si: 3783
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda. Ushbu holat boʻyicha quyidagi savollarga javob bersangiz: 1).Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi? 2).Jamiyat menejeri ta’sischilarning qaroriga asosan direktorlikka tayinlansa, uning menejerlik lavozimidan boʻshatish tartibi qanday amalga oshiriladi? 3).Agar jamiyat direktori va menejerlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinib, yangidan lavozimlarga tayinlanadigan boʻlsalar ularga Mehnat kodeksiga asosan yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladimi? 4).MChJ direktori tayinlanganligi toʻgʻrisdagi qaror tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalaridan roʻyхatdan oʻtkaziladimi?
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda direktor mazkur jamiyatning menejer lavozimiga, jamiyat menejeri jamiyat direktori lavozimiga oʻtkazilmoqda. Jamiyat direktori bilan mehnat shartnomasi ta’sischilar qaroriga asosan bekor qilinganidan soʻng, yangi tayinlangan jamiyat direktorining buyrugʻi bilan sobiq direktor menejer lavozimiga qabul qilinadimi?
Ekspertlarning javoblari:

1. Yoʻq, chunki Jamiyat rahbarini ishga qabul qilish jamiyat ta’sischilarining huquqidir. Mehnat shartnomasi direktor bilan bekor qilingandan keyin yangidan sobiq direktor “menejer” lavozimiga ishga qabul qilinadi. Chunki menedjer lavozimga ishga qabul qilish Jamiyat direktori vakolatidadir.

2. Jamiyat buyrugʻi bilan menejer oldin ishdan boʻshatiladi va keyin jamiyat ta’sischilarining qarori asosida Jamiyat direktori lavozimiga oʻzini tayinlaydi.

3. Xar ikki holatda хam ular bilan toʻliq хisob-kitob qilinadi (MKning 110, 151-moddalari).

4. Yoʻq, MChJ direktori tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror hokimliklar huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalaridan roʻyхatdan oʻtkazilmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.