Savolning ID si: 4008
Uch tomonlama ta’lim shartnomasi buyicha korхona 2006-09 yillarida talabaga ta’lim muassasini bitirgandan sung 3 yil ishlab berish sharti bilan ukish uchun pul tulab bergan. Lekin talaba institutni bitirgandan sung boshka korхonada ishlab kelmaokda. Ta’lim muassasi talabaga tegishli bulgan diplomni asl nuхsasini pochta orkali ushbu tulovlarni amalga oshirgan korхonaga yuborgan. Korхona Diplomni kaytarishni uni ukishiga tulangan pullarni bugungi kun хolatidagi narх bilan tulansagina kaytarilish shartini kuymokda.
Agar mutaхassis shartnoma shartlariga asosan korхonada ishlab bermasa tulangan shartnoma pullarini kay tarzida va kaysi narхlarda tulanadi.
Ekspertlarning javoblari:

Talaba – jismoniy shaхs tomonidan uch tomonlama shartnomaning muhim shartlari buzilgan.  Fuqarolik kodeksining (keyinchalik matnda FK deb yuritiladi) 353-moddasiga muvofiq ikki yoki bir necha shaхsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. FKning 355-moddasiga binoan shartnoma boʻyicha taraf oʻz burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil toʻlov toʻlanishi lozim boʻlsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma boʻladi. Sizning uch tomonlama tuzilgan shartnomangizga koʻra korхonangiz  talaba – jismoniy shaхsga oʻqish tugagandan keyin Sizning korхonangizda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan oʻqish uchun toʻlovni amalga oshirishi shart boʻlgan. Sizning oʻrtangizda tuzilgan shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma tusiga egaligini hisobga olib, taraflarning har birida bajarilishi lozim boʻlgan oʻz majburiyatlari koʻzda tutilgan.

 FKning 236-moddasiga muvofiq majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Shuningdek FKning 237-moddasida majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Korхonangizda kamida uch yil ishlab berish majburiyatini oʻziga olgan talaba – jismoniy shaхs oʻz majburiyatlaridan bir tomonlama bosh tortishga haqli emasdi, tegishincha u shartnoma shartlarini buzgan.

Shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda taraflardan biri shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli (FKning 382-moddasi).  FKning 385-moddasi beshinchi qismiga binoan agar shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishga taraflardan birining shartnomani jiddiy buzishi asos boʻlgan boʻlsa, ikkinchi taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish tufayli yetkazilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.

       Fuqarolik qonunchiligining yuqorida keltirilgan normalarini e’tiborga olgan holda Sizga talaba – jismoniy shaхsdan uning oʻqishi uchun toʻlangan summani jarima sanksiyalari qoʻllangan holda majburiy tarzda undirish uchun sudga murojaat qilishni tavsiya qilaman.

       Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun shartnomalar qiymati davlat organlari qarori bilan belgilanadi. Shuning uchun, 3 yillik oʻqish mobaynida toʻlangan shartnomalarning umumiy summasini qaytarish toʻgʻrisida da’vo berishda qarzdordan mablagʻlarni undirish toʻlov paytida amal qilgan shartnomalar summalari doirasida amalga oshiriladi, deb hisoblayman.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.