Ha, Siz OTMda oʻqib, mazkur ta’lim muassasasida 0,5 stavkada ishlash huquqiga egasiz.
Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomning 50-moddasiga muvofiq (AV 22.02.2003 y. 1222-son bilan roʻyхatga olingan) kunduzgi oʻqish shaklidagi talabalarga shu oliy ta’lim muassasasida ham, boshqa tashkilotlarda ham mehnat shartnomasi boʻyicha, faqat oʻqishdan boʻsh vaqtlarda – kunning ikkinchi yarmida ishlashga yoʻl qoʻyiladi.
Mehnat shartlari, shuningdek ish haqi miqdori ish beruvchi bilan хodim oʻrtasidagi kelishuvi boʻyicha mehnat shartnomasini imzolash vaqtida belgilanadi (Mehnat kodeksining 73-moddasi). Bunda sizning ish vaqtiningiz oʻqish jadvalini hisobga olgan holda belgilanishini, ya’ni oʻqishdan tashqari vaqtda boʻlishi kerakligini qayd etamiz.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.