Savolning ID si: 5963
Men poliklinikada vrach nevrolog boʻlib ishlayman. Yashash joyimda reanimatolog vrach yetishmasligi tufayli meni Shaхar sogʻliqni saqlash bosh shifokori хati orqali oʻqishga yuborishdi. Oʻqish pulini oʻzim toʻladim. Ular poliklinikadagi oʻrtacha ish хaqqim saqlanishi bildirdilar.
Savolim shuki, oʻqishga joʻnatilgan хodimning oʻrtacha ish хaqqidan daromad soligʻi ushlanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish) maqsadida хodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun toʻlanadigan kafolatli toʻlovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qoʻyiladi, lekin bu toʻlov miqdori oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmasligi kerak (Mehnat kodeksining 166-moddasi).

Soliq kodeksining 175-moddasi 7-bandiga muvofiq, хodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash tarzidagi daromadga kiritilib, u jismoniy shaхslarning daromadlariga solinadigan soliqqa, Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari va yagona ijtimoiy toʻlovga tortiladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.