Savolning ID si: 6302
Ishlab chiqarish korхonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. 2015 yildan boshlab qurilish bilan shugʻullana boshladik, bu sotishdan olingan tushumning 20%ini tashkil qildi. YaSTning minimal miqdori hisob-kitobida 1 chorakda 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻlladik. 2-4 choraklarda qurilish umumiy sotish hajmining 70%ini, ishlab chiqarish esa 30%ini tashkil qildi.
Agar boshqa faoliyat turi ustun boʻlsa, YaSTning eng kam miqdori hisob-kitobida sanoat uchun koʻzda tutilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllash mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

SKning 22-moddasiga muvofiq korхonaning asosiy faoliyat turi uning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi ustunligi boʻyicha aniqlanadi. YaST toʻlovchilari uchun chorak hisobot davri hisoblanadi (SKning 359-moddasi). Modomiki YaSTning minimal miqdori har chorakda hisoblanar ekan, Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (AV tomonidan 3.03.2011 yilda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan koʻzda tutilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlar ham  har chorakda aniqlanadigan asosiy faoliyat turiga bogʻliq holda qoʻllanadi. Demakki, qurilish sizning korхonangizning asosiy faoliyati hisoblangan 2015 yilning uchta choragida siz 0.5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllay olmaysiz. YaST minimal miqdori hisob-kitobida uni faqat hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish  (Nizomga 1-ilovaning 1-bandi) boʻlgan sanoat sohasi mikrofirmalari va kichik korхonalari qoʻllashga haqli.

Agarda korхona qurilishni amalga oshirsa, u qurilish uchun ajratilgan yerlar boʻyicha normativ qurilish davri uchun, u mavjud boʻlmasa 1 yil davomida 0.35 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashga haqli (Nizomga 1-ilovaning 6-bandi).

Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori Ma’lumotnoma-hisob-kitobini (Nizomga 2-ilova) siz 0.5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda 2015 yil 1 fevralgacha topshirganingizni hisobga olib, qurilish asosiy faoliyat turi boʻlgan choraklar uchun siz uni koeffitsiyentni hisobga olmasdan qayta topshirishingiz zarur,  shuningdek Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini ham qayta topshirishingiz kerak (AV tomonidan 22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan MV va DSQning qaroriga 13-ilova).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.