Savolning ID si: 6531
Komitent vositachilik shartnomasi asosida oʻz mahsulotini Vositachiga sotishga berdi. Ikkala korхona ham kichik biznes sub’yektlariga tegishli boʻlib, yagona soliq toʻlovchilari hisoblanishadi. Shartnoma shartlariga binoan vostitachilik haqi deb Komitentning vositachilik shartnomasida koʻrsatgan narх va Vositachining realizatsiya narхlari orasidagi tafovut belgilandi. Shartnomada Vositachi realizatsiya qilgan mahsulotining haqini realizatsiya amalga oshirilgan sanadan 45 kun ichida Komitentga toʻlab berishi belgilangan. Vositachi 3 000 000 soʻmlik mahsulotni qabul qilib, uni 6 000 000 soʻmga realizatsiya qilgan.
1. Vositachi qaysi summaga Komitentga hisobvaraq-faktura taqdim qilishi kerak, qaysi summadan va qanday stavkada soliq toʻlashi kerak?
2. Vositachi Komitentga yana qanday hujjatlarni va qaysi muddatlarda taqdim etishi kerak?
3. Komitent Vositachiga qanday summaga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerak va qaysi summadan soliq toʻlashi lozim?
4. Vositachi realizatsiya qilgan mahsulotining haqini realizatsiya amalga oshirilgan sanadan 45 kun ichida Komitentga toʻlab berishi konunga zid kelmaydimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin