Savolning ID si: 6692
Ishlab chiqarish korхonaning bankdagi hisob raqamiga 2-chorakda shartnoma asosida mahsulot uchun 100% miqdorda pul kelib tushdi. Lekin mahsulot 3-chorakda ortib joʻnatildi.
Agar mahsulot uchun pul tushumi 2-chorakda kelib tushgan boʻlsa, mahsulot esa 3-chorakda ortilgan boʻlsa, bu tushumni YaST hisob-kitobida qaysi davr uchun aks ettirish lozim?
Ekspertlarning javoblari:

Mahsulotlar 3-chorakda ortib joʻnatilgan boʻlsa, ularni realizatsiya qilishdan tushum yagona soliq toʻlovining hisob-kitobida 3-chorakda aks ettiriladi.

Soliq kodeksning 39 moddasiga asosan soliq toʻlovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha tegishli chegirmalar toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli).

Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yalpi tushum tarkibida YaST soliq solish ob’yekti hisoblanadi (SK 355 moddasi). Hisobvaraq-faktura esa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi (SK 22 moddasi). YaST hisoblashda hisobvaraq-fakturada aks ettirilgan mahsulot qiymati (QQS va aksiz soligʻi chegirgan holda) realizatsiya qilishdan tushgan tushum sifatida soliq solish bazasiga qoʻshiladi.

Hisobvaraq-faktura qaysi davrda rasmiylashtirilgan boʻlsa, realizatsiya qilishdan tushgan tushum ham ushbu davr uchun aks ettirilishi lozim.

Oldindan kelib tushgan avans toʻlovlari YaST soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.