Savolning ID si: 6794
MChJ yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. 2016 yilning 1 fevral holatiga YaST eng kam mikdorining ma’lumotnoma хisob-kitobida YaSTning eng kam miqdori 7 720 000 soʻmga teng edi. Ijaraga olingan yer maydonining kamayishi munosabati bilan 2016 yil 1 martdan boshlab YaSTning eng kam miqdori 7 120 000 soʻmga teng boʻldi.
Agar hisobot davri davomida ijaraga olingan yer maydoni kamaysa yagona soliq toʻlovi hisoboti 9-ilovasining 40-satrida koʻrsatiladigan yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori qanday aniqlanadi?
Ekspertlarning javoblari:

Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (AV tomonidan 03.03.2011 y. 2203-son bilan roʻyхatga olingan) 5-bandiga muvofiq YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yer uchastkasi maydonining kamaytirilishi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran hisobga olinishi kerak, ya’ni sizning holatingizda 2016 yilning mart oyidan e’tiboran. Masalan 2016 yilning yanvar-fevral oyida YaSTning yillik eng kam miqdori 7 720 000 soʻmga teng boʻlgan, martda esa u 7 120 000 soʻmga teng boʻldi.  Ushbu holatda 2016 yilning birinchi choragi uchun YaSTning eng kam miqdori 1 880 000 soʻmga (7 720 000/12 oy * 2 oy + 7 120 000/12 oy* 1 oy) teng boʻladi. Ushbu summa (1 880 000 soʻm) YaST eng kam mikdorining ma’lumotnoma хisob-kitobi 9-ilovasining 40-satrida koʻrsatiladi (2209-son Nizomga 3-Ilova). Bunda siz birinchi chorak hisobot davri uchun YaST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga aniqlashtirilgan Ma’lumotnomani taqdim etishingiz kerak.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.