Savolning ID si: 6863
Mehnat kodeksining 41-moddasida "Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflari yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomaning oʻzgartirguncha, toʻldirguncha amalda boʻladi" deb koʻrsatilgan. Bir davlat tashkilotida jamoa shartnomasining amal qilish muddati 2015 yil 31 dekabrda tugagan, lekin shu kunga qadar ya’ni 2016 yil 06 avgustgacha yangi jamoa shartnomasi tuzilmagan yoki oʻzgartilmagan.
Mehnat kodeksining 41-moddasi 2-qismidagi muddatga tushuncha bersangiz, qonunda aniq sana koʻrsatimagani uchun jamoa shartnomasining oʻzgartirish yoki yangisini tuzishni hoхlagan muddatgacha kechiktirish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Mehnat kodeksining 31-moddasida avvalgi jamoa shartnomasi amal qilish muddati tugashiga qadar uch oy mobaynida yoki bu hujjatlar bilan belgilab qoʻyilgan muddatda har qaysi taraf boshqa tarafga yangi jamoa shartnomasini, kelishuvini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash toʻgʻrisida yozma хabar berishga haqli ekanligi belgilangan.

Shu bilan birga ushbu kodeksning 41-moddasida jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan kundan boshlab kuchga kirishi hamda taraflar belgilagan muddat davomida amal qilishi nazarda tutilgan. Shuningdek belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani oʻzgartirguncha, toʻldirguncha amalda boʻlishi oʻrnatib qoʻyilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, jamoa shartnomasini amal qilish muddati tugagach uch oy mobaynida har qaysi taraf boshqa tarafga yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash toʻgʻrisida yozma хabar berish taraflarning huquqi sifatida belgilangan. Shuning uchun taraflar yangi shartnoma tuzish yoki tuzmaslikni oʻzlari hal qilishlari joiz. Agarda yangi shartnoma tuzmagan taqdirda amaldagi shartnoma oʻz kuchida qoladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.