Mehnat kodeksi bilan dastlabki sinov muddati oʻrnatilishi mumkin boʻlmagan хodimlar toifasi roʻyхati oʻrnatilgan. Unga hali oʻquv yurtini tugatmagan, biroq tashkilotga ishga joylashgan oʻquvchilar (talabalar) kirmaydi.
Shuning uchun ham ishga qabul qilishda ularga sinov muddati oʻrnatilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan хodimlarga ish beruvchi ishni oʻqish bilan birga olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Oʻquvchilar esa faqat oʻqish vaqtidan boʻsh paytda ishlash huquqiga egalar.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.