Mehnat kodeksining (MK) 119-moddasi birinchi qismiga muvofiq хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Sizning holatingizda direktor mol-mulk mulkdori (ish beruvchi) bilan toʻliqsiz ish vaqti bilan mehnat shartnomasi tuzishi zarur, chunki u oʻquv jarayoni bilan bogʻlangan, ish esa oʻqish vaqtidan boʻsh paytda bajarilishi kerak.
Toʻliqsiz ish vaqti shartida band boʻlgan хodimlar me’yoriy muddatdagi ish kuni oʻrnatilgan хodimlar uchun oʻrnatilgan хuddi shu mehnat huquqlaridan foydalanadilar: yillik asosiy ta’til muddatida, mehnat stajini hisoblab chiqarishda. Biroq haq toʻlash ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda amalga oshiriladi (MKning 119-moddasi ikkinchi qismi).
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.