MKning 81-moddasiga va Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 1.1-bandiga (AV tomonidan 29.01.1998 yilda 402-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq mehnat daftarchasi хodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat boʻlib hisoblanadi. Ish beruvchi korхonada 5 kundan ortiq ishlagan barcha хodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Shunday qilib, agar oliy oʻquv yurti talabasining ishi mazkur ish beruvchida asosiy boʻlsa, unga ham mehnat daftarchasi tutiladi.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.