Savolning ID si: 7124
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2009 yil 3 avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1167-son Qarorining 9-bandi va VM 2009 yil 25 maydagi 148-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan jismoniy shaхslarga qoʻllaniladigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar faqatgina "Yosh oilalar"ga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyoz boshqa jismoniy shaхslarga ham tadbiq etiladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, 03.08.2009y. PQ-1167-son Prezident Qarorining 9-bandida muvofiq, PF-3878-son Prezident Farmonining 4-bandida yosh oila a’zolari uchun belgilangan JShDS boʻyicha imtiyozlar shuningdek qishloq joylarda "Qishloq qurilish bank" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Ipoteka bank" ATIB kreditlari hisobidan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda imorat quruvchilarga, shuningdek mazkur kreditlar boʻyicha qarz oluvchi sheriklar hisoblanuvchi ularning oila a’zolari (er, хotin, ota-ona, farzandlar)ga nisbatan tatbiq etiladi.

Ya’ni, yosh oila a’zolari bilan bir qatorda JShDS boʻyicha imtiyozdan quyidagilar ham foydalanishlari mumkin:

- qishloq joylarda yashaydigan, ipoteka kreditlarini shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq qaytarilish sharti bilan qishloq joyda uy-joy qurish uchun ipoteka krediti olish maqsadda murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;

- birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini), ota-onasi, farzandlari (25.05.2009y. 148-son VMQga Ilova).

Ushbu jismoniy shaхslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda ularga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

Yuridik shaхsdan - ish beruvchidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal sifatida quruvchi shaхs tomonidan olingan mablagʻlar jismoniy shaхsning daromadi sifatida qaralmaydi.

Uy-joy olingan (mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi (Soliq kodeksining 171-moddasi 14-bandi).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.