Savolning ID si: 7241
Toshkent shaхrida vaktinchalik propiska bilan yashayman va ishlayman. Xozirda bola parvarishi bilan ta’tilidaman. Yaqinda farzandim 2 yoshga toʻladi. Ishga kaytmokchi bulganimda mani ishga olmasliklari qonuniymi?
Ekspertlarning javoblari:

Javob

Sizning holatingizda ya’ni, mehnat shartnomasini davom ettirish masalasi - ish beruvchi bilan oʻrtangizda tuzilgan mehnat shartnomasiga bogʻliqdir.

Qoidaga koʻra, Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskada boʻlgan fuqarolar bilan mehnat shartnomasi muddatli tusga ega boʻlib, propiska muddatidan ortiq boʻlmagan davrga tuziladi.

Hozirgi vaqtda amal qilayotgan Mehnat kodeksining 105-moddasida - muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinishi ta’kidlangan.

Shu bilan birgalikda, Mehnat kodeksining 237-moddasida, homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda qoʻshimcha kafolatlar belgilangan. Ya’ni, ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, vaqtinchalik propiskaning muddati tugashi qonunda mehnat shartnomasining ish beruvchini tashabbusi bilan bekor qilishiniga olib kelmaydi(MKning 100-moddasi).

 

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.