Savolning ID si: 7922
Vaqtincha moliyaviy yordam berilganda qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi? Soliqlari qanday hisoblanadi va uni qaysi tomon toʻlaydi?
Ekspertlarning javoblari:

1. Vaqtincha moliyaviy yordamni olgan tomon soliqni (soliq tizimidan kelib chiqqan holda) MB qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib aniqlanadigan daromaddan toʻlaydi (SK 132, 135, 355-moddalari). Agar shartnomada pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlovi nazarda tutilmagan boʻlsa, unda daromad qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi. Bugungi kunda qayta moliyalashtirish stavkasi 9%ni tashkil etadi.

Daromadni aniqlashning ushbu tartibi foizli qaytariluvchi moddiy yordamga nisbatan ham tadbiq etiladi, agarda shartnomada belgilangan foiz stavkasi MBning moddiy yordamni olish kuniga belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam miqdorda belgilangan boʻlsa (SK 135-moddasi).

2. Vaqtinchalik moliyaviy yordamdan foydalanganda olingan daromad summasi umumbelgilangan soliq toʻlovchilarida daromad soligʻini hisoblashda jami daromadga kiritiladi, YaST toʻlovchilarida esa yalpi tushumga kiritiladi. Soliqni vaqtinchalik moliyaviy yordamni olgan tomon toʻlaydi.

Masalan, sizning korхonangiz YaST toʻlovchisi, 1000 ming soʻm miqdorida 1 yil muddatga moliyaviy yordam oldi. Asosiy faoliyat boʻyicha YaST stavkasi 5% ga teng. Shartnomada pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlovi belgilanmagan. Pul mablagʻlaridan foydalanganlikdan olingan daromadni aniqlaymiz: 90 ming soʻm (1 000 000 х 9%). Daromad summasi (90 ming soʻm) korхonaning boshqa daromadlariga kiritilib, YaSTning asosiy faoliyat uchun belgilangan stavkasi boʻyicha soliqqa tortiladi.

YaST summasi 4,5 ming soʻmni (90 ming soʻm х 5%) tashkil etadi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.