Savolning ID si: 8181
Mehnat qonunchiligida barcha hujjat yuritish blankalari T-1, T-2, T-3 va h.k. oʻrnatilgan tartibda yuritilishi shartmi? yoki korхona oʻrnatilgan formalarni oʻzlariga mos ravishda oʻzgartirib olishlari mumkinmi? Mumkin boʻlsa qanday tarzda tasdiqlab olish kerak?
Ekspertlarning javoblari:

Mehnat munosabatlari doirasida ish yuritishni birхillashtirish maqsadida T-2 son idoralararo namunaviy shakl ishlab chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvardagi 402-sonli Yoʻriqnoma bilan tasdiqlangan va T-2 shakli yuritilishining yagona tartibini belgilaydi.

Biroq, Siz nazarda tutgan T-1, T-3 shakllar mehnat qonunchiligida mavjud emas. T-2 shaklga keladigan boʻlsak, mazkur shakl qonunchilikda tasdiqlangan shaklda boʻlishi lozim deb hisoblaymiz.  

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.