Savolning ID si: 8184
Rahbar va mutahassislarni malaka oshirish kurslarida oʻqiganlari uchun toʻlangan mablagʻning bir qismini (50%) хodimning oylik ish haqidan ushlab qolish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Xodim malakasini oshirganda u ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajaradi. Malaka oshirish davrida oʻrtacha ish haqi saqlanadi  (MKning 166-m.).

Qonunchilikda хodimning roziligisiz ish haqidan ushlab qolish mumkin boʻlgan holatlar roʻyхati belgilangan boʻlib (MKning 164-m.), unda yuqoridagi holat nazarda tutilmagan. Demak, ish beruvchi хodimni malaka oshirish kurslariga tegishli buyruq asosida yuborsa, malaka oshirish uchun toʻlangan pul summasini хodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish mumkin emas.

Agarda, хodim oʻzi malaka oshirish istagini bildirib, ariza bilan murojaat qilsa, va buning uchun sarflanadigan pul summasini ish haqidan ushlab qolishni soʻrasa, bu holda ish haqidan ushlab qolinishi mumkin (agar jamoa shartnomasida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa). Bunda, ish haqini har gal toʻlash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori хodimga tegishli boʻlgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim (MKning 164-m 3-q.).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.