Savolning ID si: 8231
8167-sonli savolga javobdan ma’lum boʻlyaptiki, talabaning oʻqish joyi u uchun ish joyi boʻlib hisoblanmaydi. Talabalarga oliy ta’lim muassasasida stipendiya, suyunchi beriladi. Stipendiya, suyunchi toʻlovlari esa SKning 178-moddasiga asosan daromad hisoblanadi, SKning 179-moddasiga asosan ular jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozga ega. Shuningdek, gohida tashkilotning ichki hujjatlari asosida ham stipendiya toʻlanish holatlari kuzatiladi.
1. Ta’lim muassalari tomonidan talabalarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda beriladigan stipendiya va suyunchi summalaridan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi ushlanmasada bu boʻyicha soliq organlariga asosiy boʻlmagan ish joyidan daromadlar olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish shart emasligi boʻyicha norma mavjudmi?
2. Qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan, tashkilotning ichki hujjatlari asosida talabalarga (bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tomonidan oʻz oʻquvchilariga) toʻlanadigan stipendiya summalari qanday soliqlarga tortiladi? Bunda soliq organlariga asosiy boʻlmagan ish joyidan daromadlar olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etilishi kerakmi? SKning 175-moddasi 15-bandidagi stipendiya 178-modda 2-banddagi stipendiyadan nimasi bilan farqlanadi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin