Savolning ID si: 8373
MKning 181-moddasiga asosan intizomiy jazo tariqasida хodimga 15% jarima belgilangan, ushbu jarimani tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish mumkinmi? Agar mumkin boʻlmasa ushbu jarima qay tarzda ushlab qolinadi.
MKning 181-moddasiga asosan intizomiy jazo tariqasida хodimga 15% jarima belgilangan, ushbu jarimani tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish mumkinmi va mumkin boʻlmasa, ushbu jarima qay tarzda ushlab qolinadi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, mumkin. MK va boshqa qonun hujjatlarida ushlab kolingan jarimani tashkilotning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazishni taqiqlovchi norma mavjud emas.

Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish MKning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi (MKning 181-moddasi 2-kismi). Ya’ni хodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi (MK 164-moddasi 2-kismi 6-bandi).

Jarimani ushlab qolish uchun ish beruvchining buyrugʻi asos boʻladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.