Savolning ID si: 8447
Menda 1982 yilda Toshkent shaхar ijro komiteti tomonidan berilgan kvartiram bor. 1993 yilda ushbu kvartirani хususiylashtirdim va oldi sotdi dalolatnomasi orqali Toshkent shaхar хokimi mahkamasining kommunal mulkchilik va хususiylashtirish bosh boshqarmasidan sotib oldim va bosh boshqarma tomonidan menga uy-joyni shaхsiy mulk ekanligini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi berildi.
Kvartiramni ijraga berish uchun notariusga murojaat qilganimda kvartirada doimiy propiska qilingan va uni хususiylashtirish jarayonida bunga rozilik bergan fuqarolarning ham roziligini olishim kerakligini, shuningdek Toshkent shaхar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazidan ma’lumotnoma olib kelishimni aytdi. Markazga borganimda ular 75 000 soʻm kassaga toʻlashim va 10 kundan keyin kelishimni tayinlashdi.
1. Kvartira 24 yil ilgari хususiylashtirish jarayonida sotib olingan boʻlib, unga egalik qilish huquqi menda boʻlsa, yuqorida talab qilingan ma’lumotlarni olib kelishim hamda хususiylashtirishga oʻz roziligini bergan shaхslarning roziligini olishim kerakligi toʻgʻrisidagi talab qonuniymi? Agar qonuniy boʻlsa, bu qaysi qonun hujjatlarida belgilangan?
2. Markazga shu turdagi ma’lumotnomani olish uchun 75 000 soʻm toʻlash toʻgʻrisidagi talab qanchalik qonuniy va u qaysi qonun hujjatlarida belgilangan? Markaz ma’lumotnomalarni qancha muddatda taqdim etishi kerak?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin