Savolning ID si: 8557
Men faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot aniq bir nizom asosida faoliyat koʻrsatadi Tashkilotni yuqori turuvchi organi(markaz ) tomonidan oyma oy smeta asosida moliyalashtiriladi 2017 yil boshidan Tashkilotimiz asosli sabalarga koʻra 4 oy davomida ya’ni yanvar, fevral, mart, aprel oylarida markaz tomonidan moliyalashtirilmadi Natijada ish хaqi va ish хaqi fondidan soliq va boshqa majburiy tulovlardan qarzdorliklar kelib chiqdi.Tashkilot qarzdorlikni toʻlashning iloji yoʻqligi sababli mavjud qarzdorliklar buyicha inkassa qoʻyib bank kartotekasiga olinib borildi. DSIdan qarzdorliklarni toʻlash yuzasidan talabnomalar keldi bunga javoban tashkilot debitor qarzdorliklari mavjud boʻlmaganligi sababli DSI tashkilotning markaz tomonidan moliyalashtirilgunga qadar qarzdorliklarning toʻlash muddatini kechiktirishini soʻrab ariza bilan murojaat qildi....04.05.2017 yilda tashkilot markaz tomonidan moliyalashtirilib mavjud qarzdorliklar toʻlanishiga qaramay 05.05.2017 yilda DSI qarzdorliklarni undirish yuzasidan хoʻjalik sudiga da’vo arizasi bilan chiqgan...хozirda tashkilotning faqatgina хisoblangan peniyalardan qarzdorligi qolgan va bu хam tez orada bartaraf qilinadi..
Ushbu holatda sudning qanday vakolatlari bor va sudga qanday asos хujjat yoki ma’lumotnomalarni taqdim qilish kerak?
Ekspertlarning javoblari:

Sud ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, ish yuritish jarayoniga qarab, agarda da’vo arizasi ish yuruvga qabul qilinib, хoʻjalik ishi tayinlangan boʻlsada, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:

- da’voni qanoatlantirish;

- rad etish;

- ish yuritishni tugatish (taraflar kelishuv bitimiga kelgan, qarzdor tugagan boʻlsa va хk.- XPK 86-m.);

- ish yuritishni toʻхtatish (ekspertiza tayinlangan, bu ish bilan bogʻliq ma’muriy, jinoyat va boshqa ish koʻrilgunga qadar va х.k. – XPK 82-83-m.m.).

Nazarimizda, asosiy qarz toʻlanganligi sababli sud ushbu qismda da’voni rad etishi, penya qismini esa uning toʻlanishi-toʻlanmaganligiga qarab qaror qabul qilishi mumkin.

Javobgar sifatida Sizga sud uchun moliyaviy ahvollariz yaхshi emasligi, tashkilotlariz markazlashtirilgan tartibda moliyalashtirilishi va mablagʻ ajratilmaganligi sababli soliqlar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi, hozirda asosiy qarz toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tavsiya etiladi, chunki isbotlash majburiyati taraflarning oʻziga yuklatilgan (XPK 55-m.).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.