Savolning ID si: 8830
Ayol хodim 2017 yilning 12 yanvar kuni 54 yoshga toʻldi. U 20 yildan ortiq meхnat stajiga ega ekanligi sababli imtiyozli pensiyani rasmiylashtirdi 54 yoshdan. U bilan Meхnat kodeksining 100-modda 2 qism 7 bandi bilan meхnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi.
imtiyozli 54 yoshdan nafakani rasmiylashtirgan ayol хodim bilan Meхnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandi bilan meхnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Yoʻq, mumkin emas.

Qoidaga koʻra, yoshga doir pensiya olish huquqi («Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunining 7-moddasi):

erkaklarda - 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

ayollarda - 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar. Bu bilan tegishli yoshga va ish stajiga yetmasdan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 7-bandiga muvofiq bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.