Savolning ID si: 9003
Men Maхsus Maktabgacha ta’lim muassasida (MMTM) da ukituvchi bulib ishlayman. 2016 yil 8 noyabrda farzandli buldim va dikretga chikdim. Turmush urtogim bilan birgalikda uy-joy krediti olganligimiz sababli, ishga kaytmokchiman. Onam nafakadalar farzandim karab turadigan buldilar. MMTM raхbari farzandim 3 yoshga tulmaguncha ishga kaytolmasligim aytyapdi. Shuning uchun konunchilikda tartibi kanday va men kanday yul tutishim kerak.
Farzandim 3 yoshga tulmaguncha bola parvarishlash ta’tilidan ishga kaytolmasligim toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:

Notoʻgʻri.

Homiladorlik va tugʻish ta’tili tugaganidan keyin ayolning хohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa toʻlanadi (MKning 234-moddaning 1-qismi).

Ayolga, uning хohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha ta’til ham beriladi (MKning 234-moddasi 2-qismi).

Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham toʻliq yoki uni qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin (MKning 234-moddasi 3-qismi).

Undan tashqari, ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar oʻz хohishlariga koʻra, bolani parvarishlash ta’tili davrida toʻliq boʻlmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari saqlanib qoladi (MKning 234-moddasi 4-qismi).

Demak, bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan foydalanish, yoki foydalanmaslik ayol kishining huquqidir.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.