Savolning ID si: 9059
Xodim ish beruvchidan navbatdagi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlgan holda, birinchi qisminini ta’tillar navbati jadvalida koʻrsatilgandan boshqa vaqtda, 2 kun oldin ogohlantirgan holda,2 kun muddatga berishni soʻrasa, ish beruvchi Mehnat kodeksining 144-,146-moddalaridan kelib chiqib, buni rad qilishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Ta’tildan oʻz хohishiga koʻra yozgi yoki oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda foydalanish huquqiga ega boʻlgan хodimlar toifasi MKning 144-moddasida belgilab qoʻyilgan.

Boshqa hollarda ham хodim ta’tillar jadvalida belgilangan muddatdan oldin ta’tilga chiqish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Biroq, ish beruvchi uni qanoatlantirishga majbur emas. Jadvalda belgilangan muddatdan oldin ta’til berish ish beruvchining huquqi hisoblanadi.

Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti хodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan oʻzgartirilishi ham mumkin (MKning 144-moddasi, 5-qismi).

MKning 146-moddasiga koʻra ta’tilning bir qismi oʻn ikki ish kunidan kam boʻlmasligi lozim. Xodim ta’tilning qolgan qismini oʻz хohishiga koʻra taqsimlash huquqiga ega.

Ta’tillarni qismlarga boʻlish toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumotga ega boʻlish uchun quyidagi havolaga qarang.

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.