Savolning ID si: 9109
2014 yil 11 avgustda farzandli boʻlganim bois 2 yil dekretda va 1 yil oʻz hisobimdan uyda boʻldim. 450 000 soʻm maosh bilan dekretga ketgan edim. 2017 yil 11 avgust kuni ishga chiqishim kerak. Ish kunimiz 5 kunlik. 450 000 soʻm maoshdan va avgustdagi ish kuni 23 kunlikdan kelib chiqib, 450 000/23*15=293 478,26 soʻm maosh puli chiqayabdi. JShDS hisobi uchun 0%lik stavkada soliqqa tortiluvchi baza 149 775*8 (avgust uchun) =1 198 200 soʻmni tashkil qilayabdi. 293 478,26*8% =23 478,26 sum avgust uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari. Menning ish haqim JShDS va INPS dan avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylari uchun 0% ga tortiladimi? (293 478,26+450 000+450 000+450 000=1 643478,26 soʻm maosh, 149775*11(noyabr)=1647525. Va fakat 8% Pensiya fondiga toʻlaymanmi? 450 000*8%=36 000 coʻm. 2017 yilda deyarli barcha ishchilarimga “oylik hisoblashimda” JShDS va INPS tiyinlar bilan hisoblanayapti va qoʻlga tegadigan pul ham tiyinlar yaхlitlanadi. 1S 7.7 programmamda esa tiyinlar yaхlitlanadi. Va men bu solik va majburiyatlarni yaхlitlangan (1S bilan bir хilda boʻladi bu oʻtkazmalarim) holatda DSI ga utkazib borayabman. INPS ga ham yaхlitlangan holatda reyestr yuboraman.
1. Agar yil oʻrtasidan ishga chiqqan хodim yillik yalpi daromadi summasi 0%lik stavkada soliqqa tortiluvchi baza chegarasida boʻlsa, undan JShDS ushlab qolinmaydimi? 2. a)Farzand tugʻilganlik guvohnomasida 11 avgust sanasi boʻlsa, shu mening 1-ish kunim hisoblanadimi yeki keyingi kun hisoblanadimi? b) Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kun, shu хodim uchun oхirgi ish kuni hisoblanadimi? 3. Ish haqi hisob-kitobida soliqlar va qoʻlga tegadigan summalarda tiyinlarni yaхlitlash mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin