Savolning ID si: 9170
Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida 158-moddasiga asosan tungi vaqtdagi (122-moddaning birinchi qismi) ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanishi kerak. Mehnat ta’tili va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblab chiqarishda mazkur toʻlovlarning avvalgi 12 oydagi summasining oʻrtachasi ham hisobga olinishi kerak boʻladi. Bu toʻlovlarni ish haqi hisoblashda ikki хil koʻrsatish mumkin, bir yarim baravar va ikki hissa miqdoridagi summani toʻliq yoki ularning bir baravarini okladning ichida va qoʻshimcha yarim, bir baravar haqni alohida. Shuningdek, tegishli хodimning ishi smena asosida tashkil etilgan boʻlishi yoki хodim dam olish kunlari qoʻshimcha ravishda ishga chaqirilgan boʻlishi mumkin.
Mehnat ta’tili va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini hisoblab chiqarishda avvalgi 12 oylik tarifikatsiya yoki lavozim maoshidan oshgan toʻlovlarning ichida dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq summasining bir baravar miqdori (tungi vaqtda ishlaganlik uchun yarim baravar miqdori) inobatga olinadimi yoki ikki hissa miqdori (tungi vaqtda ishlaganlik uchun bir yarim baravar miqdori) inobatga olinadimi? Bunda tegishli хodimning ishi smena asosida ekanligi ahamiyatga egami?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin