Savolning ID si: 9264
Xodim 2017 yil yanvar oyining boshida yangi ishga qabul qilingan boʻlib, shu yilning 31-martidan 25 avgustigacha kasal boʻlganligi sababli ishga kelmadi va shu davrlar uchun buхgalteriyaga kasallik varaqasi taqdim etib kelmoqda. Uning mansab maoshi 540 987 soʻm boʻlib shu kungacha oʻzgarmagan. 2017 yil yanvar-mart oylari uchun mansab maoshidan tashkari sugʻurta badallari хisoblangan toʻlovlar (issiq ovqat uchun kompensatsiya) summasi 713000 soʻmni tashkil etadi. Nafaqaning ish haqiga foizlardagi miqdori 80%. Jadvalga asosan aprelda 20 kun, mayda 22 kun, iyunda 21 kun, iyulda 21 kun, avgustda 23 kun ish kuni belgilangan. Kasalligi tufayli хodimni ishlamagan kunlari aprelda 20 kun, mayda 22 kun, iyunda 21 kun, iyulda 21 kun, avgustda 19 kunni tashkil etgan.
Kasallik boʻyicha nafaqa summasi qanday хisoblanadi?
Ekspertlarning javoblari:

Kasallik nafaqasini hisoblash VMning 11.03.1997y. 133-son Qarori 6-ilovasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xodim kasallik boʻyicha nafaqa hisoblash tartibi ushbu javobda batafsil keltirilgan: http://kadrovik.uz/question/8293  

Belgilangan tartibga koʻra siz keltirgan ma’lumotlar asosida nafaqa uchun oʻrtacha ish haqini hisoblasak, u 600 403,7 (540987+713000/12) soʻmga teng.

Xodimga nafaqa oʻrtacha ish haqining 80% miqdorida toʻlanishini nazarda tutsak, toʻliq bir oylik kasallik boʻyicha nafaqa puli, oydagi ish kunlari sonidan qat’iy nazar, 480 322, 9 (600 403,7 х 80%) soʻmga teng.

Ushbu summadan tegishli tartibda JShDS ushlab qolinadi, u ish haqi tarzidagi daromad boʻlmaganligi sababli sugʻurta badallari hamda YaITga tortilmaydi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.