Savolning ID si: 9360
Xomiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqqan хodimning farzandi tugʻilgandan soʻng nobud boʻldi. Shu munosabat bilan хodim ishga qaytish istagini bildirmoqda.
Xomiladorlik va tugʻish ta’tili yakuniga yetmasdan turib хodimni ishga qoʻysa boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Yoʻq, chunki хodima, mehnatga qobiliyatsizlik davridadir.  

Qoidaga koʻra, homiladorlik va tugʻish ta’tili tibbiy хulosada belgilangan kundan e’tiboran jamlangan holda hisoblab chiqiladi hamda ayolga umumiy 126 kalendar kun muddatda toʻliq beriladi, bundan:

tuqqunga qadar – 70 kalendar kun;

tuqqandan keyin – 56 kalendar kun (MKning 233-moddasi).

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos boʻladi. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi

Umumiy qoidaga koʻra, tugʻish oqibatidan qati nazar (jumladan, bola tashlash roʻy berganda, bola nobud boʻlganda, yoki bu ta’til tugaganiga qadar ushbu ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ham), toʻlangan homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani ushlab qolishga yoʻl qoʻyilmaydi (AVda  8.05.2002y. 1136-son  roʻyх. ol. Nizom).

Shuning uchun, homiladorlik va tugʻish boʻyicha berilgan mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi davrida хodimaning ishlashi mumkin emas.

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.