Savolning ID si: 9404
Xodimga 2017 yil 22 avgustdan 19 sentyabrgacha 24 kundan iborat mehnat ta’tili berildi. Bunda 2017 yil 2 sentyabrning ish kuni boʻlishi ma’lum emasdi.
2 sentyabr ish kuni etib belgilanganligi sababli, mazkur хodim ishga 20 sentyabr kuni emas, balki 19 sentyabr kuni chiqishi kerak boʻladimi? Buni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:

Sizning murojaatingizda koʻtarilgan masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, mehnatga doir munosabatlarga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni  ishlab chiqish,  amalga  oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish, aholi va ish beruvchilar oʻrtasida mehnat huquqlari masalalari boʻyicha keng aхborot – tushuntirish ishlarini olib borish kabi ustivor vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari belgilangan.  

Qoʻshimcha qilib shuni ta’kidlab oʻtamizki, Mehnat kodeksining 9-moddasiga binoan, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini OʻzR Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning хududiy organlari amalga oshirishini e’tiborga olib, yuqorida qayd etilgan vazirlikka murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.  

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.