Savolning ID si: 9582
Ish beruvchi va хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga koʻra хodim Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga ikki yillik oʻqishga yuborilgan. Shartnoma shartiga koʻra хodimning oʻqishi uchun sarf harajatlarni ish beruvchi oldindan ikkiga boʻlib ish haqi mablagʻlari hisobidan toʻlab berishi nazarda tutilgan. Bir oʻquv yilidagi oʻqish muddati 10 oydan iborat. Ammo хodimga 11 oylik ish haqi, bir oylik mehnat ta’tili uchun toʻlov hamda oʻrtacha ish haqiga teng boʻlgan bir oylik moddiy yordam berilgan.
Xodimning oʻqish davri uchun unga moddiy yordam berish, mehnat ta’tiliga chiqish va buning uchun haq toʻlash mehnat qonunchiligida belgilanganmi? Agar belgilangan boʻlsa qaysi normativ hujjatlarda oʻz ifodasini topgan?
Ekspertlarning javoblari:

Xodimga moddiy yordam toʻlash ish beruvchining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.

Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish хodimning asosiy mehnat huquqlaridan biri hisoblanadi (MKning 16-m).

Shuning uchun, ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish, shu jumladan malaka oshirish maqsadida хodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun toʻlanadigan kafolatli toʻlovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qoʻyiladi, lekin bu toʻlov miqdori oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmasligi kerak (MKning 166-moddasi).

Akademiya tinglovchilarining butun oʻqish davrida asosiy ish joyidagi egallab turgan lavozimi va ish haqi  saqlanadi (08.08.2017 yildagi UP-5139ga 2-ilovaning 22-b.).

 

Akademiyadagi oʻqishi davrida хodimga yillik mehnat ta’tillarini berish masalasi boʻyicha quyidagi javobga qarang:https://kadrovik.uz/question/7077?us=f9id7shovghrlv7vhgdqsvmm77.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.