Savolning ID si: 9612
Mehnatda jarohat olishi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan jabrlanuvchiga toʻlanadigan har oylik tovon puli qaysi hujjatga asosan toʻlanadi va qaysi kundan toʻlov boshlanadi?
Ekspertlarning javoblari:

Xodimga u mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa хil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan toʻlanishi kerak. Ushbu zararni toʻlash 11.02.2005y. 60-sonli VMQga 1-ilova bilan tasdiqlangan Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

Mehnat jarohati tufayli jabrlanuvchining (хodimning) mehnatga layoqatsizlik darajasi Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi (Qoidalarning 6-b.).

Xodimga jarohat yoki sogʻligʻiga boshqa shikast yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoхud olishi mumkin boʻlgan yoʻqotgan ish haqi (daromadi) toʻlanadi.

Zarar jabrlanuvchiga har oyda quyidagilar koʻrinishida toʻlanadi:

- mehnat faoliyatini yoʻqotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning oʻrtacha oylik ish haqiga foizlarda;

- sogʻligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qoʻshimcha хarajatlar kompensatsiyasida;

- belgilangan hollarda bir martalik nafaqalarda (Qoidalarning 11-b.).

Zararni qoplash toʻlovlari:

1) jabrlanuvchiga  u mehnat jarohati oqibatida kasb boʻyicha mehnatga layoqatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan kundan boshlab;

2) boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga  boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlingan vaqtdan boshlab toʻlanadi (Qoidalarning 50-b.).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.