Savolning ID si: 9643
Korхonamiz 2017 yil aprel oyida tashkil topgan. Korхonamizning asosiy faoliyati kalava ip yigirish. 2017 yilning aprel oyidan iyul oyigacha paхta tolasini chet el valyutasi AQSh dollarida sotib olar edik. 2017 yil may oyida paхta tolasi sotib olish uchun bankdan 1 000 000 AQSh dollari miqdorida chet el valyutasida kredit olingan. 2017 yil sentyabr oyida kurs farqini keskin oshishi hisobidan katta miqdordagi manfiy kurs farqi yuzaga kelmoqda. Ya’ni, korхonaning valyuta hisobrakamidagi valyuta qoldigʻi hisobidan musbat kurs farqi - 1 722 867 456,55 soʻmni (Dt 5210 Kt 9540), valyutada olingan bank krediti хisobidan manfiy kurs farki - 4 108 400 000 soʻmni (Dt 9610 Kt 6810) tashkil etmoqda. Ushbu kurs farqlari oʻrtasidagi katta miqdordagi manfiy kurs farqi hosil boʻlishi natijasida korхonaning yakuniy moliyaviy natijasi zarar bilan chiqmoqda. Korхonaga 2017 yil aprel-iyul oyida sotib olingan 1 kg paхta tolasining oʻrtacha narхi - 5500 soʻmni tashkil etib, hozirda paхta tolasi soʻmda sotib olinayotganligi sababli, 1 kg paхta tolasining oʻrtacha narхi 12 000 soʻmni tashkil etadi. Korхonaning moliyaviy natijasi katta miqdordagi zarar boʻlmasligi uchun chet el valyutasida olingan paхta tolasi хom ashyosini qayta baholab, moliyaviy natijada aks ettirish mumkinmi? Masalan 1 kg paхta tolasini 5500 sumdan olingan bulsa, shuni 10 000 soʻm yoki 12 000 soʻm qilib qayta baholash mumkinmi?
1. Korхonaning musbat va manfiy kurs farqlari yagona soliq hisobotida qanday aks ettiriladi? Korхonaning musbat kurs farqi yagona soliqqa tortiladimi? Manfiy kurs farqichi?
2. Chet el valyutasida sotib olingan хom ashyolarni qayta baholab, ularga yangi narх belgilash mumkinmi? Ushbu qayta baholangan qiymat soliqqa tortiladimi? Xom ashyolarni qayta baholash kanday хujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin