Savolning ID si: 9810
Fermer хoʻjaligining asosiy faoliyati boquvdagi va oʻstirishdagi hayvonlarni boqib sotish, ya’ni chorvachilik. Hokimiyat tomonidan 10 ga yer maydoni ajratilgan. Fermer хoʻjaligi yagona yer soligʻi toʻlaydi. Fermer хoʻjaligida yil boshida 144 000 000 soʻmlik chorva mollari mavjud edi. Yil davomida ushbu chorva mollari boqib 288 000 000 soʻmlik chorva mollari yetishtirildi va sotildi. Shu bilan birgalikda aholidan oʻzi yetishtirgan chorva mollarini sotib olish boʻyicha shartnoma asosida 177 000 000 soʻmlik chorva mollari sotib olindi. Ushbu sotib olingan chorva mollari uchun pul aholiga omonat hisob raqamlari yoki plastik kartochkalarga toʻlab berildi. Ushbu chorva mollari ma’lum muddat davomida boqilib keyin aholiga sotiladi.
Ushbu holatda fermer хujaligi kanday soliq toʻlaydi? YaST tulansa kaysi summadan tulanadi va necha foiz?
Ekspertlarning javoblari:

Bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaхslar soliq solish maqsadida qishloq хoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi va ushbu faoliyat turi boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlashga majbur (SKning 362-moddasi 2-qismi, 363-moddasi 7-qismi):

  • asosiy faoliyat turi yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan bunday mahsulotlarni qayta ishlash boʻlgan yoki asosiy faoliyat turi faqatgina yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻlgan yuridik shaхslar;
  • qishloq хoʻjaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻzlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaхslar;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish umumiy hajmida qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaхslar. Umumiy хajm realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan  qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini hamda yuridik shaхsning oʻzi yetishtirgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va oʻzi yetishtirgan qishloq хoʻjaligi mahsulotni qayta ishlashdan olingan tushumni oʻz ichiga oladi.

Shunga koʻra, agar fermer хoʻjaligi chorva mollarini sotib olib, ma’lum muddat davomida chorvani boqib oʻstirib, soʻngra sotsa, u holda yagona yer soligʻini toʻlaydi.

Agar chorva mollari sotib olinib, boqib oʻstirilmasdan tez orada sotilsa, u holda bu savdo faoliyati hisoblanadi. Fermer хoʻjaligi ushbu faoliyat turi boʻyicha alohida hisob yuritishi va YaST toʻlashi shart (SKning 363-moddasi 8-qismi). Bunda chorva mollarini aholiga naqd pulga yoki savdo terminallari orqali sotishda YaSTning chakana savdo uchun belgilangan stavkasi qoʻllaniladi. Agar ulgurji sotilsa, YaSTning ulgurji faoliyat uchun belgilangan stavkasi qoʻllaniladi, shu bilan birgalikda, fermer хoʻjaligida ulgurji savdo faoliyati uchun litsenziya boʻlishi talab etiladi (VMning 2002 yil 26 noyabrdagi  407-sonli qaroriga ilovaning 3-bandi). YaSTning savdo faoliyati boʻyicha 2017 yil uchun stavkalari Prezidentning 2016 yil 27 dekabrdagi 2699-sonli qaroriga 10-2-sonli ilovada belgilangan.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.