Savolning ID si: 9843
Qurilish ob’yektlarini qurilishi uchun Toshkent viloyati хokimiyati «Yagona buyurtmachi» injinering kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar QQC summasi bilan tuzilgan. Pudratchi - qurilish tashkiloti Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblanadi. Bajarilgan qurilish tamirlash ishlarini QQS bilan hisoblab buyurtmachiga taqdim qilish talab qilinmoqda.
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi qurilish pudrat tashkiloti Davlat soliq inspeksiyasiga qanday hisobot topshirishi va soliqlarni qaysi turlarini toʻlashi kerak?
Ekspertlarning javoblari:

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar uchun qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati saqlanib qoladi (SKning 349-moddasi).

Bu degani, agar sizning korхonangiz pudratchi sifatida markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan ob’yektda qurilish tamirlash ishlarini amalga oshirayotgan boʻlsa, unda YaST bilan birga ushbu qurilish ob’yektida bajarilgan ishlar qiymatidan QQSni toʻlashingiz lozim boʻladi.

Tegishincha korхonangiz YaST va QQS boʻyicha soliq hisobotlarini belgilangan shakllarda va muddatlarda soliq idorasiga taqdim etishi kerak.

YaST toʻlovchilari tomonidan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha QQSni toʻlash haqida kuyidagi ssilka boʻyicha oʻtib batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: https://kadrovik.uz/question/8172.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.